"Oqila ayol" harakati faollarni pul mukofoti bilan rag‘batlantiradi
Vazirlar Mahkamasining "Mahallalarda xotin-qizlar faollari va "Oqila ayol" ayollar harakati a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
2024 yil 1 sentabrdan boshlab "Oqila ayol" harakatining faol va tashabbuskor ishtirokchilarini Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyatiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan har yarim yilda bir marta 1 EKIH miqdorida rag‘batlantiradilar.
Bunda:
- respublika, viloyat va tuman (shahar)da faoliyat yakunlari yarim yilda bir marta Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari yig‘ilishlarida muhokama qilinadi, eng yuqori natijalarga erishgan faol va tashabbuskor shaxslar aniqlanadi;
- respublika darajasida 10 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va poytaxt darajasida 3 kishidan, tuman (shahar) darajasida 2 kishidan tanlanadi;
- mahallalar darajasida 300 nafar ayol rag‘batlantiriladi.
Eng yuqori natijalarga erishgan faol ayollarni rag‘batlantirish tartibi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Mavzuga oid

11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi

13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

14:18 / 03.02.2025
Diyora Keldiyorova xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan «Yil voqeiyligi» mukofotini qo‘lga kiritdi

13:45 / 29.01.2025