Samarqandda 10 ming dollarga giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlandi
IIB xodimlari tomonidan Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs gashish giyohvand moddasining har bir grammini 135-140 ming so‘mdan sotayotgani haqida axborot olingan va tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida giyohvandlik moddasini shartli xaridorga sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 23 avgust kuni Samarqand viloyati IIB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs shartli xaridorga 700 gramm 10 ming dollarga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

11:40 / 09.06.2025
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025