Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti poytaxtni mamlakat janubiga ko‘chirish zarurligini ma’lum qildi
Tehronni mavjud muammolari bilan rivojlantirishga urinish – vaqtni behuda sarflash, deb hisoblamoqda davlat rahbari.

Foto: AP
Eronning iqtisodiy va siyosiy markazini mamlakat janubiy qirg‘oqlariga yaqinlashtirish kerak, chunki Tehron poytaxt sifatida yechim topib bo‘lmaydigan muammolarga ega. Bu haqda Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon ma’lum qildi, deb xabar berdi Fars.
«Hozirgi tendensiyani davom ettirib, mamlakatni rivojlantirish mumkin emas. Agar biz Tehronga janubdan va dengizdan resurslar olib kelishni, keyin ularni mahsulotga aylantirib, eksport uchun yana janubga jo‘natishni davom ettirmoqchi bo‘lsak, bu bizning raqobatbardoshligimizni tobora pasaytiradi», deb tushuntirdi Pizishkiyon.
Tehronni mavjud muammolari bilan rivojlantirishga urinish – vaqtni behuda sarflash, dedi u. Muammolar qatorida prezident suv tanqisligi, havoning ifloslanishi va tuproqning cho‘kishini tilga oldi.
Mavzuga oid

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

08:27 / 28.07.2025
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi

09:02 / 27.07.2025