O‘zbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda IHT yangi bosh kotibi bilan uchrashdi
Asad Majid Xon bilan suhbat davomida Toshkent sammitida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining yangi bosh kotibi, pokistonlik Asad Majid Xon bilan uchrashdi.
"Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad M. Xon janoblari bilan suhbatimiz davomida Toshkent sammitida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildik", – deb yozdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari.
Qayd etilishicha, IHTga a’zo mamlakatlar vakillari yanada faol va samarali hamkorlik qilishlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish juda muhim sanaladi.
2023 yil 9 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti raisligida "Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari" shiori ostida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

08:42 / 24.04.2025
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Samarqandda muzokara o‘tkazdi

23:31 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili

19:04 / 15.04.2025