YI davlatlari chegaralarda yangi biometrik tizimning joriy etilishiga tayyor emas - FT
Yangi tizim Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan barcha davlatlar fuqarolaridan o‘z ma’lumotlarini, xususan, YeIga birinchi tashrifidayoq aeroportdagi immigratsiya markazlarida barmoq izlari kiritilishini talab qiladi.

Foto: Getty Images
Yevropa Ittifoqining bir nechta davlati Bryusseldan mamlakatga kirib keluvchilarni nazorat qiluvchi yangi biometrik tizimning ishga tushirilishi kechiktirilishini so‘radi. Mazkur yangi tizimni 10 noyabrdan ishga tushirish rejalashtirilgan edi.
Yangi tizim Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan barcha davlatlar fuqarolaridan o‘z ma’lumotlarini, xususan, YIga birinchi tashrifidayoq aeroportdagi immigratsiya markazlarida barmoq izlari kiritilishini talab qiladi.
Financial Times gazetasining manbalariga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Niderlandiya bu turdagi nazorat tizimi bilan ishlashga tayyor emasligini bildirgan — YeIga keluvchi barcha fuqarolarning 40 foizi ushbu davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Transport sohasi rahbarlaridan birining ta’kidlashicha, mazkur tizim joriy etilgudek bo‘lsa, chegaralarda yuzaga keladigan navbatlar 30-100 foizga oshadi.
Germaniya Ichki ishlar vazirligi asosiy muammo EU-Lisa agentligi tomonidan nazorat qilinadigan markaziy kompyuter tizimida ekanini bildirdi.
Yevrokomissiya vakilining ma’lum qilishicha, tizim ustidagi ishlar «rejadagidek amalga oshirilgan», ammo «uning kechikishini istisno etib bo‘lmaydi».
Mavzuga oid

16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

22:01 / 17.04.2025
“Markaziy Osiyo kuchliroq va farovonroq bo‘lishini istaymiz” - YeI elchisi bilan eksklyuziv intervyu

12:10 / 15.04.2025