O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Saudiya investitsiyalar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan barcha kelishuvlarni amaliy amalga oshirishning borishini ko‘rib chiqdilar.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, transport infratuzilmasi va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston tomoni, shuningdek, saudiyalik investorlarga mamlakatimizda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni taqdim etishga tayyorligini ham tasdiqladi.
Mavzuga oid

10:38 / 12.06.2025
O‘zbekistonlik hojilar 12 iyundan vatanga qaytishni boshlaydi

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

07:52 / 28.05.2025