Ummon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilinyapti
O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Ummon transport, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Xamis al-Shamaxi bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, Ummonning logistika kompaniyalari va portlari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xamis al-Shamaxi joriy yilning 1-3 iyul kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifini esga oldi va mamlakat bilan barcha sohalarda aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
U, shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
Mavzuga oid

16:05 / 14.06.2025
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi

15:00 / 14.06.2025
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

00:25 / 14.06.2025
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi

16:29 / 13.06.2025