Toshkentda multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi
Bekatlar zamonaviy multimedia tizimlari va ichki ishlar organlariga tezkor chaqiruv tugmasi bilan ta’minlanadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejaga kiritilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yangi turdagi bekatlar 2 xil o‘lchamda: 3,2 metr va 6,5 metr bo‘ladi.
Bekatlar zamonaviy multimedia tizimlari va ichki ishlar organlariga tezkor chaqiruv tugmasi bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, videokuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.
Ta’kidlanishicha, bekatdagi oyna -25 daraja sovuq hamda +60 daraja issiqqa bardosh bera oladi.
Mavzuga oid

07:39
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

20:16 / 05.05.2025