Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telekommunikatsiya sohasida operatorlar va provayderlarga adolatli raqobat muhiti ta’minlanadi
Senatorlar ma’qullagan qonun bilan telekommunikatsiya bozorini tartibga soluvchi regulyator va ushbu bozorni rivojlantirish siyosatini olib boruvchi davlat organlarining vazifalari belgilab qo‘yilmoqda.

Foto: senat.uz
Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Senatorlar tomonidan dastlab “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, qonun bilan telekommunikatsiya bozori rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasi va amaliyoti chuqur tahlil qilingan. Hujjatda telekommunikatsiya bozorini tartibga soluvchi regulyator va ushbu bozorni rivojlantirish siyosatini olib boruvchi davlat organlarining vazifalari aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Jumladan, qonunda tartibga soluvchi organga telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda yoki favqulodda holatlarda telekommunikatsiya infratuzilmalaridan ustuvor foydalanish hamda ularning faoliyatini tiklash va rivojlantirish vakolatlari berilmoqda. Tartibga soluvchi organ tomonidan operatorlar va provayderlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun teng hamda adolatli raqobat muhitini ta’minlanadi.
Shuningdek, tartibga soluvchi organning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy etib belgilab qo‘yilyapti.
Qayd etilishicha, qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik sub’yektlariga yengillik berish bilan birga hukumatning iqtisodiyot va jamiyatni raqamlashtirish bo‘yicha strategik dasturining muhim qismi bo‘lgan telekommunikatsiya sektorining barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
Mavzuga oid

11:40 / 23.07.2025
Senat chiqindidan qarz sabab elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid ostiga oldi

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

12:17 / 28.06.2025
Rossiyada provayderlar ochiq internetga kirishni sekinlashtiryapti

12:58 / 26.06.2025