Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘li 957-kilometrida Faw va Howo A7 yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Foto: YHXB
Paxtakor tumani “Buyuk ipak yo‘li” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 957-kilometrida 26 oktabr kuni soat 09:30 larda YTH sodir bo‘ldi.
1986 yilda tug‘ilgan haydovchi E.Q. boshqaruvidagi Faw rusumli hamda 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi A.E. boshqaruvidagi Howo A7 rusumli yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025