Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati belgilandi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Mavzuga oid

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025
Fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolati kuchaytiriladi

10:21 / 08.06.2025