O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston temiryo‘llari vazirining birinchi o‘rinbosari, "O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston" loyiha ofisining ushbu mamlakat tomonidan rahbari Mazhar Ali Shah bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Suhbat chog‘ida mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik tashabbusi doirasidagi loyihalar, jumladan Transafg‘on temiryo‘li loyihasini qurish bo‘yicha ishlarning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.
"O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi oliy darajali uchrashuvlar doirasida mamlakatingiz rahbariyati bilan bir necha bor uchrashganmiz. O‘zbekiston yetakchisining mintaqaviy bog‘liqlik tashabbusi va uning doirasida qurilishi ishlab chiqilayotgan Transafg‘on temiryo‘li loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz", – dedi vazir o‘rinbosari Mazhar Ali Shah.
Pokiston vakili, shuningdek, Transafg‘on temiryo‘lining qurilishi bir necha asrlarga xizmat qiluvchi, O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning birodar xalqlari o‘rtasidagi tarixiy rishtalarni qayta bog‘lovchi muhim va strategik loyiha sifatida e’tirof etdi. Mazkur yo‘lak Pokiston mahsulotlari uchun O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlariga yo‘l ochishi, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilariga esa Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini berishi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, ikki mamlakat mutasaddi vazirlik va idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

15:34 / 26.04.2025
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

02:00 / 26.04.2025