Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng kichik asteroid: u Yerga qachon va qanday qulagan?
Asteroid Yer atmosferasiga kirib, parchalanishidan oldin olimlar uning tarkibi va o‘lchamini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Kanadaning G‘arbiy universiteti va AQShning Louell observatoriyasi rahbarligida o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotda olimlar Yerga yaqin asteroidlarni o‘rganishning innovatsion kompleks usulini tavsifladi. Bu usul 2022 yil noyabr oyida yuz bergan meteorit hodisasiga asoslangan, o‘shanda asteroid parchalari Niagara hududiga qulagandi.
Phys.org ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 WJ1 asteroidi Yer atmosferasiga kirib, parchalanishidan oldin olimlar uning tarkibi va o‘lchamini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Ular Arizonadagi teleskopik kuzatuvlar natijalarini Western kompaniyasining Southern Ontario Meteor Network kameralarida yozib olingan videotasma bilan solishtirdi. Videoda 2022 yil 19 noyabr kuni osmonda uchib o‘tgan olovli shar aks etgan.
Yangi tadqiqot WJ1 haqidagi muhim ma’lumotlarni aniqladi, ushbu kosmik jism kuzatuvlar tarixidagi eng kichik asteroid hisoblanardi. Uning o‘lchamlari 40 santimetrdan 60 santimetrgacha ekani ma’lum bo‘ldi.
Western meteorologik kameralar tarmog‘i yordamida olimlar asteroidning London ustidagi atmosferaga kirib, Kanadaning Tsent-Katarins shahri yaqinida yo‘q bo‘lib ketishini tasvirga olgan. Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, asteroid S-xondritlar toifasiga mansub bo‘lib, ular kremniyga boy toshli jismlar hisoblanadi. Ular Quyosh tizimidagi eng qadimgi jismlar qatoriga kiritiladi. Shuningdek, bu — Yerga tushadigan meteoritlarning eng keng tarqalgan turi.
WJ1 bo‘laklarining hammasi ham sayyoramiz atmosferasida to‘liq yonib ketmagan bo‘lishi mumkin. Niagara mintaqasining ayrim aholisi uning qismlarini izlagan, biroq qidiruvlar natijasiz yakunlangan. Taxminiy qulash hududi deyarli butunlay Ontario ko‘liga to‘g‘ri keladi.
WJ1 ilk bor 2022 yil noyabr oyida Arizona shtatining Tuson shahridagi Catalina Sky Survey teleskopi yordamida kashf etilgan. Ko‘p o‘tmay astronomlar bu obekt uch soat ichida Yer bilan to‘qnashishini prognoz qilgan. Bu muddat olimlarga obektni hali koinotda vaqti kuzatish uchun yetarli edi. Ular asteroidning orbitasini aniqroq hisoblash maqsadida uning joylashuvi va harakatini qayd etishga ulgurgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
-
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi
O‘zbekiston | 07:40
-
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 07:31
-
O‘zbekistonga shu yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln xorijiy sayyoh keldi
Turizm | 07:30
Mavzuga oid

19:39 / 25.07.2025
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

07:40 / 25.07.2025
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda

07:29 / 25.07.2025