Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad rejimi qulagach, Turkiya Suriya shimolida kurdlar bilan jang olib bormoqda
Turkiya qo‘llovidagi suriyalik isyonchilar Manbijga yurish qilmoqda - bu Halabdan shimoli-sharqda joylashgan va kurdlar tomonidan nazorat qilinadigan yirik shahardir. Kurdlarning «Xalq mudofaa kuchlari» va suriyalik isyonchilar o‘rtasidagi shiddatli to‘qnashuvlar 7 dekabr kuniyoq boshlangandi.

Foto: Getty Images
Reuters agentligi Anqaradagi manbasiga asoslanib suriyalik isyonchilar Turkiya ko‘magida 9 dekabrga kelib Manbij shahrini nazorat ostiga olgani haqida xabar berdi.
8 dekabr kuni kechqurun holatiga kurdlar lashkari vakili Manbij qo‘ldan ketgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.
Suriyada inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish markazi (SOHR) Anqara yordamidan foydalanayotgan guruh 8 dekabr kuni shahardagi bir necha kvartalni egallagani haqida xabar bergandi.
SOHR ma’lumotiga ko‘ra, shahar uchun jang chog‘ida 26 kishi halok bo‘lgan, yana 40 kishi yaralangan.
Turkiya kurd lashkarini terrorchi tashkilot deb hisoblaydi va shuning uchun unga qarshi kurashuvchi kuchlarni qo‘llaydi — ulardan asosiysi «Suriya milliy armiyasi» guruhidir. Kurdlar Suriya shimolida mustaqil davlatini tuzishga harakat qilib keladi va AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ular o‘z vaqtida IShIDga qarshi kurashda Vashingtonning mintaqadagi asosiy hamkori bo‘lgandi.
AQSh uchun kurdlar — taktik ittifoqchilar
Yakshanba kuni, Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin, Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler hamda uning amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazilgan.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakat mudofaa vazirlari «Suriyadagi voqealarni muhokama qilishgan». Ostin «AQSh Suriyadagi turli muxolifat guruhlarining bayonotlari va harakatlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani»ni qayd etgan.
Ostin va Guler Suriyada zo‘ravonlik avj olishining oldini olish, shuningdek, AQSh kuchlari va uning ittifoqchilarining ushbu mamlakatda bo‘lib turishi xavfsizligi uchun harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidlashgan.
Vashingtondagilar Turkiyaning mamlakat xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarini yaxshi tushunishlarini bildirishgan.
Turkiya va AQSh — NATO a’zosi sifatida bir-birini himoya qilish majburiyatini olgan ittifoqchilardir. Dam olish kunlarida Bashar Asad rejimi qulashi Vashingtonda ham, Anqarada ham yaxshi qabul qilindi. Ammo AQSh va Turkiyaning Suriya shimolidagi kurdlar masalasidagi manfaatlari bir-biridan farqlanadi.
Kurdlar IShIDga qarshi kurashda AQShning taktik ittifoqchilari bo‘lgandi. 2016 yilda kurd tuzilmalari Manbijni IShIDdan qaytarib olgan. Kurdlar AQSh bilan hamkorlik qilgan, mojaroning oldingi yillarida ushbu shaharni birgalikda himoya qilib, patrullik qilgan. AQSh kurdlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Suriyaga 900 nafar harbiy yuborgan.
Hozirda kurdlar Suriya shimoli-sharqida kattagina hududni nazorat qilmoqda. Ilgari amerikalik harbiylar Turkiya bilan ham birgalikda Manbij shahri atrofida navbatchilik qilgandi. Ammo dam olish kunlari Turkiya kurdlarning pozitsiyalariga zarbalar yo‘llaganida Manbij atrofida amerikalik harbiylar bo‘lgani yoki yo‘qligi hozircha aniq emas.
Turkiya uchun kurdlar — tahdid
Turkiya o‘z chegaralari yaqinida kurdlar lashkari turishini tahdid sifatida ko‘radi. Anqara o‘nlab yillar mobaynida o‘z davlatini tuzishni istaydigan kurd ayirmachilar bilan kurashib kelmoqda.
Turkiya Suriyadagi bir necha isyonchi guruhlarni, jumladan, dam olish kunlarida Damashqqa kirib kelgan «Hay’at Tahrir ash-Shom»ni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Anqara «Suriya milliy armiyasi»ga ham yordam beradi — bu guruh yollanma jangchilardan tortib jinoyatchilargacha bo‘lgan turli kuchlardan tarkib topgan. Anqara buni kurd jangarilaridan himoyalanish uchun Suriya bilan chegara bo‘ylab bufer zona tashkil etish zarurati sifatida izohlaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?
O‘zbekiston | 16:43
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
Mavzuga oid

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025
AQSh: Isroil va Suriya otashkesimga kelishdi

22:22 / 18.07.2025