Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
U avvalroq ham spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda avtobus boshqarib yo‘lovchi tashigan va bu uchun jazolangan.

Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan 80 579 WBA raqamli avtobus haydovchisi YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib ketgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, holat 2024 yil 13 dekabr kuni yuz bergan.
Ko‘rilgan choralar natijasida avtobus haydovchisi to‘xtatilib tekshirilganda uning mast holatda avtobus boshqarib, yo‘lovchi tashib yurgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruvda ushbu haydovchi avvalroq ham mast holda avtobus boshqarib, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, haydovchiga tegishli chora ko‘rilib, avtobus vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Mavzuga oid

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

10:12 / 01.05.2025
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

22:40 / 28.04.2025