Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR Rossiya armiyasini urushda qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakatga qo‘shimcha harbiy texnika va qo‘shin yuborishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

Foto: EyePress News/REX/Shutterstock
Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR Rossiya—Ukraina urushida 1100 nafar harbiysidan ayrilganini ma’lum qildi, deb yozadi Yonhap agentligi.
Qayd etilishicha, KXDR Rossiya armiyasini urushda qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakatga qo‘shimcha harbiy texnika va qo‘shin yuborishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.
«Har tomonlama o‘rganib chiqilgan ko‘plab razvedka ma’lumotlari Shimoliy Koreya Rossiyadagi qo‘shinlari sonini oshirishga yoki rotatsiya qilishga tayyorlanayotganini ko‘rsatmoqda», — deyiladi Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi bayonotida.
Bundan tashqari Seul ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga zarba beruvchi dronlarni yetkazib berishi mumkin. Harbiylarning qayd etishicha, KXDR dronlar ishlab chiqarishga kirishgani to‘g‘risida «ayrim belgilar mavjud» — bu haqda ilk bor noyabr oyida ma’lum bo‘lgan.
Janubiy Koreya, AQSh va Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR hukumati Rossiyaga shu paytgacha 10-12 ming harbiysini yuborgan.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanadigan Shimoliy Koreya askarlariga ularning frontda borligini yashirish uchun soxta guvohnomalar berayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ukraina Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari ruslar «jang maydonidagi yo‘qotishlarini yashirish va xorijiy kuch mavjudligini yashirish» uchun bunday choralarga murojaat qilmoqda, deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

19:12 / 14.07.2025
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi

14:58 / 14.07.2025
"O‘tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi

10:34 / 14.07.2025