Beruniy ko‘chasida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida Malibu-2, Cobalt, BMW va Matiz o‘zaro to‘qnashdi. BMW yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 27 dekabr kuni soat 00:45 larda Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Malibu-2, Cobalt, BMW va Matiz rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
YTH oqibatida BMW rusumli avtomashina yo‘lovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan F.A.ga tez yordam xodimlari tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

18:06 / 09.05.2025
«Haqiqat so‘rayman» – klip syomkasida aktrisani «Gelik» bosib ketgani yuzasidan sud boshlandi

13:52 / 09.05.2025
Haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblash 1 iyundan boshlanadi

09:50 / 09.05.2025