O‘zbekistonlik shifokorlar Afg‘onistonda 1300 nafardan ziyod insonlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari»ga qarashli «Salomatlik» tibbiy-sanitar yordam poyezdida jami 28 nafar tibbiyot xodimi va 5 nafar temiryo‘l mutaxassislari bor. Balx viloyatida amalga oshirilayotgan bepul tibbiy ko‘rik davomida afg‘on fuqarolariga 1, 6 mlrd so‘mlik 50 turdagi dori-darmon va gigiyena vositalari tarqatilgan.

Foto: «O‘zbekiston temiryo‘llari» matbuot xizmati
«O‘zbekiston temiryo‘llari» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «Temiryo‘l ijtimoiy xizmatlari» muassasasiga qarashli «Salomatlik« tibbiy-sanitar yordam poyezdida Afg‘onistonning Balx viloyatiga tashrif buyurgan shifokorlar tibbiy ko‘rikni davom ettirmoqda.
«Salomatlik» tibbiy-sanitar yordam poyezdi 15 xil turdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va jami 28 nafar tibbiyot xodimi va 5 nafar temiryo‘l mutaxassislari bilan ta’minlangan. O‘tgan 3 kun davomida shifokorlar Afg‘onistonning o‘nlab hududlaridan kelgan, jami 1300 nafardan ziyod fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Shulardan 576 nafari erkaklar, 464 nafari ayollar va 273 nafari yosh bolalar.
Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida afg‘on fuqarolariga 1, 6 mlrd so‘mlik 50 turdagi dori-darmon va gigiyena vositalari tarqatildi. Tibbiy ko‘rik joriy yil 30 dekabriga qadar davom etadi.
Mavzuga oid

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025