Gurjistonning yangi prezidenti Tbilisi YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini ma’lum qildi
Gurjistonning yangi prezidenti Mixail Kavelashvili Tbilisi Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazishga tayyorligini, shuningdek, mamlakat AQSh bilan ham munosabatlarini chuqurlashtirish niyatida ekanini ta’kidladi.

Foto: Reuters
Gurjistonning yangi prezidenti Mixail Kavelashvili Tbilisi Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar jarayonini boshlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gurjiston hech qachon YeI a’zosi bo‘lishdan bosh tortmagan.
«Afsuski, bu kabi spekulyatsiyalar jamiyatimizni qutblashtirishga xizmat qiladi, shuning uchun bunday spekulyatsiyalarga haqiqat bilan qarshi turish — bizning burchimizdir, Gurjiston Yevropa integratsiyasi yo‘lidan hech qayerga og‘ishmagan», — deydi Kavelashvili.
Prezident mamlakatning keyingi ustuvor maqsadi AQSh bilan munosabatlarni chuqurlashtirish ekanini aytdi. Shuningdek, Kavelashvilining ma’lum qilishicha, hukumat mamlakatni birlashtirish uchun tinch va diplomatik yo‘l bilan harakat qilishi lozim.
Mixail Kavelashvilining inauguratsiyasi 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Kavelashvili Konstitutsiyada nazarda tutilgan prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Marosimga xorijiy elchilar ham, chet ellik mehmonlar ham taklif qilinmadi. Unda faqat deputatlar, hukumat a’zolari, Gurjiston pravoslav cherkovi vakillari, shuningdek, konstitutsiyaviy organlar vakillari ishtirok etdi.
Shu kuni ham mamlakatda bo‘ylab norozilik namoyishlari davom etdi. Gurjistonda mitinglarning yangi to‘lqini hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni 2028 yilga qadar to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin boshlangan.
Mavzuga oid

14:59 / 14.06.2025
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

15:39 / 05.06.2025
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda

11:25 / 03.06.2025