Yaponiya bilan zargarlik loyihalarini amalga oshirishga kelishildi
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyaning Motherhouse Co., Ltd. kompaniyasi prezidenti va bosh dizayneri Eriko Yamaguchi bilan muzokaralar olib bordi.

Foto: Dunyo
Eriko Yamaguchi joriy yilning noyabr oyida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga tashrif buyurganligi, uning davomida prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchilari uchun maxsus ma’ruza o‘qiganligi, shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi ipakchilik, charmchilik va kulolchilik ustaxonalari faoliyati bilan tanishganligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning to‘qimachilik, charmchilik va zargarlik bo‘yicha salohiyatini yanada kengroq o‘rganish uchun Motherhouse Co., Ltd. kompaniyasi vakillarining tashrifini amalga oshirish hamda yosh tadbirkor va hunarmandlar uchun onlayn mahorat darslarini tashkil qilishga kelishib olindi.
Motherhouse Co., Ltd. kompaniyasi 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, rivojlanayotgan davlatlarda to‘qimachilik, charmchilik va zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorida sotish qilish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning Bangladesh, Nepal, Indoneziya, Shri-Lanka, Hindiston va Myanmada fabrika va zargarlik ustaxonalari, shuningdek, Yaponiyada 46 ta, Tayvanda – 4 ta Singapurda – 2 ta savdo do‘konlari mavjud.
Mavzuga oid

11:09 / 14.06.2025
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

23:50 / 08.06.2025
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

14:21 / 07.06.2025