Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi yilning birinchi kunida Xitoyning Sian shahridan Toshkentga yuk poyezdi jo‘natildi
2025 yildagi Xitoy-Yevropa yuk poyezdining birinchi reysi 1 yanvar kuni Sian xalqaro porti (Shensi provinsiyasi) stansiyasidan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: "Dunyo" AA
Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu Xitoy-Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro temiryo‘l yuk tashishlari doirasida Sian shahridan Toshkentga birinchi tezyurar poyezdining ishga tushirilishidir.
Maishiy texnika, to‘qimachilik, kimyo mahsulotlari yuklangan 50 ta standart konteynerli poyezd Xitoy-Qozog‘iston chegarasidagi "Xorgos" nazorat-o‘tkazish punkti orqali davlat chegarasini kesib o‘tib, O‘zbekiston hududiga yetib boradi.
"Xitoy temiryo‘l korporatsiyasi va boshqa temiryo‘l va bojxona idoralari bilan hamkorlik tufayli Sian shahridan Toshkentga yuk poyezdi qatnovi vaqti 8-10 kundan 5-6 kungacha qisqardi", - ta’kidladi Sian shahri erkin savdo portini qurish va ekspluatatsiya qilish kompaniyasi bosh direktori Yuan Syaotszyun agentlikka bergan intervyusida.
Sian shahridagi "Chanba" xalqaro porti ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida Xitoy-Yevropa yuk poyezdlari orqali Sian shahridan Markaziy Osiyo yo‘nalishida jo‘natilgan standart konteynerlar soni 69 ming 655 tani tashkil etib, yillik hisobda 49,8 foizga oshgan.
2024 yil 27 dekabrda Xitoy–Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlangan edi. Marosim ishtirokchilariga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi.
Mavzuga oid

13:44 / 01.08.2025
Ehtimoliy diversiya: Germaniya g‘arbida poyezdlar harakati bekor qilindi

10:23 / 28.07.2025
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

21:42 / 18.06.2025