Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat bog‘chalarida «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etiladi
Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida 2025 yil 1 iyulgacha «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etiladi.
«Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga o‘tkazish;
- «Yagona mavsumiy taomnoma»ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining hisobini «Bolalar bog‘chasi» maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;
- davlat bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarni «Yagona mavsumiy taomnoma» asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish.
Shuningdek, Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Qaror bilan «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida 2025 yil 1 iyulgacha «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etiladi.
2025 yil 1 iyulgacha sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bog‘chalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

17:13 / 15.07.2025
3–6 yoshli bolalar uchun «Ilk rivojlanish markazi» tashkil etiladi

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

13:32 / 07.03.2025
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi

16:51 / 12.02.2025