Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga o‘tmoqda - insayder
Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»ga o‘tishi aniq bo‘ldi, deb yozadi taniqli insayder Fabritsio Romano.

«Shaharliklar» 20 yoshli himoyachi uchun «Lans»ga 40 mln yevro to‘laydi. Yana bonuslar ham bor.
O‘zbekistonlik futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va APL klubi bilan 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo‘ladi.
Shu tariqa Husanov Angliya Premer-ligasida o‘ynaydigan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanadi. Dunyoning eng tomoshabop chempionatida futbolchisi o‘ynagan davlatlar soni esa 119 taga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, «Lans» Husanovni 2023 yil iyul oyida «Energetik-BGU»dan 100 ming yevroga sotib olgandi.
Mavzuga oid

20:34 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

10:12 / 21.05.2025