Markaziy bank 9 ta bankka ogohlantirish berdi va uchta moliya tashkilotini jarimaga tortdi
Ogohlantirish olgan banklar regulyatorning ko‘rsatmalariga, shuningdek, valuta va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya qilmagan.

Foto: Kun.uz
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi o‘tgan yilning dekabr oyidagi yig‘ilishlarida 37 ta masalani ko‘rib chiqqan va tegishli qarorlar qabul qilgan. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishlar davomida kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi hamda tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijalari ham muhokama qilingan.
Tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablariga, shuningdek, valuta va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun 9 ta bank, ikkita lombard va bitta mikromoliya tashkiloti chora hamda sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun bitta bank, bitta lombard va bitta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid

10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025