Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Los-Anjelesda yonib ketgan kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari - vertolyotdan olingan fotolar
Los-Anjelesda bir haftadan buyon yong‘inlar davom etmoqda va minglab binolarni yo‘q qilmoqda. O‘t o‘chiruvchilar bir vaqtning o‘zida bir necha yong‘in o‘choqlarida tarqalgan olovni to‘xtata olmayapti, kuchli shamol yong‘in tarqalishini osonlashtirmoqda. Malibu va Santa-Monika o‘rtasidagi shimolroqda joylashgan Pasifik-Paliseyds ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan. Bu tinch hudud — ko‘plab taniqli shaxslar yashaydigan joy hisoblanadi. Yulduzlar evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgan, ko‘pchilik millionlab dollarga baholangan uylaridan ayrilgan.
Los-Anjelesda allaqachon besh mingdan ortiq uy yonib ketdi. Eng ko‘pi — Pasifik-Paliseyds hududida
Mario Tama / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA«Paliseyds» nomini olgan eng katta yong‘in o‘chog‘i keltirgan vayrongarchilik, 2025 yil 9 yanvar
Mark J. Terrill / AP / Scanpix / LETAKo‘plab uylardan faqat kaminlarning quvurlari qolgan
David Ryder / Reuters / Scanpix / LETAMahalliy aholi vakillaridan biri yongan uylar orasida, 2025 yil 9 yanvar
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETAPasifik-Paliseyds asosan eng badavlat kishilar uchun qurilgan uylardan iborat tinch joy edi. Ser Entoni Hopkins, Mel Gibson, Billi Kristal, Peris Hilton va boshqa ko‘plab mashhur aktyorlar uylarini yo‘qotgan
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETAPasifik-Paliseydsda mo‘jiza tufayli omon qolgan uy
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETAO‘t o‘chiruvchilar uylar xarobalarini tekshirib chiqmoqda, 2025 yil 10 yanvar. Rasman 10 kishi jasadi topilgan, ammo, rasmiylar qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligini tan olishgan
David Ryder / Reuters / Scanpix / LETAO‘t o‘chirish vertolyotidan turib olingan manzara
Josh Edelson / AFP / Scanpix / LETAXarobalar orasida mo‘jiza tufayli omon qolgan boshqa uylar. Yong‘inlar tufayli o‘n minglab kishilar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan
David Swanson / AFP / Scanpix / LETANBAdagi «Golden Steyt Uoriorz» klubi murabbiyi, bolaligi Pasifik-Paliseydsda, onasining uyida o‘tgan (bu uy hozirda yonib ketgan) Stiv Kerr qachonlardir «ertaknamo shahar» bo‘lgan bu maskanni endi tiklash juda ham qiyin bo‘lishini aytadi. Mahalliy aholining farzandlari o‘qigan Palisades Charter High School maktabi hamda boshqa infratuzilmalar ham vayron bo‘lgan
Josh Edelson / AFP / Scanpix / LETAPasifik-Paliseyds ko‘chalari yong‘indan keyin
Allison Dinner / EPA / Scanpix / LETALos-Anjeles uzra ko‘tarilgan tutun
John Locher / AP / Scanpix / LETAXabar qilishlaricha, Pasifik-Paliseyds tepaligidagi ko‘plab o‘t o‘chirish gidrantlarida suv bo‘lmagan: ularga suv yetkazib berishi lozim bo‘lgan suv ombori ta’mirlanayotgandi
Mike Blake / Reuters / Scanpix / LETAWill Rogers State Beach plyaji va yonib ketgan uylarning vertolyotdan ko‘rinishi
Allison Dinner / EPA / Scanpix / LETAMillionerlarning uylaridan tashqari Pasifik-Paliseyds chekkasidagi ko‘p qavatli binolar joylashgan park ham jabrlangan, 2025 yil 9 yanvar
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA