Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AP: Bayden AQShda TikTok’ni bloklashga oid qarorni Tramp administratsiyasiga qoldiradi
AQSh Kongressi TikTokʼni bloklashga oid qonun loyihasini 2024 yil aprelda qabul qilgandi. Servisga egalik qiluvchi ByteDance’ga uni Amerika kompaniyasiga sotishi uchun 270 kun muhlat berilgan va ushbu muddat 19 yanvar kuni tugaydi.

Foto: AP
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden mamlakatda TikTokʼni blokirovga qilishga oid choralarni joriy etmaydi. Bu haqda Associated Press nashri amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.
Bayden administratsiyasi ijtimoiy tarmoqni blokirovga qilish qarorini Trampning bo‘lajak administratsiyasiga qoldiradi.
AQSh Kongressi milliy xavfsizlikka tahdid uyg‘otishi mumkinligi sabab TikTokʼni bloklashga oid qonun loyihasini 2024 yil aprelda qabul qilgandi. O‘sha oyning o‘zida Jo Bayden qonunni imzolagan. Servisga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasiga uni amerikaliklarga sotishi uchun 270 kun muhlat berilgan. Ushbu muddat 19 yanvarda — Donald Trampning inauguratsiyasidan bir kun oldin tugaydi.
Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols 16 yanvar kuni TikTokʼni bloklash to‘g‘risidagi qonun bitim amalga oshmagunga qadar servis faoliyatini uzaytirish «imkonini berishini» ma’lum qildi.
Senatdagi demokratlar 16 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqni sotish uchun belgilangan muddatni uzaytirishga oid qonunni qabul qilishga urindi, ammo u respublikachi senator Tom Katton tomonidan bloklandi.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, TikTok egasi ByteDance 2024 yilning to‘rtinchi choragida o‘zini taxminan 300 milliard AQSh dollariga baholagan. Shu tariqa u dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq yirik loyihalar va xayriya tadbirlari bilan tanilgan amerikalik mashhur bloger MrBeast TikTok’ni sotib olishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu tariqa bloger TikTok’ni AQShda bloklanishdan “qutqarmoqchi”. “Mayli, TikTok’ni bloklamasliklari uchun uni sotib olaman”, — deya hazil aralash tvit yozgan MrBeast X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi
Jahon | 07:41
-
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 07:32
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
-
Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
Mavzuga oid

01:25
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi

20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi

20:41 / 10.08.2025
Putin Xerson va Zaporijjyadan voz kechishga tayyor emas

19:43 / 10.08.2025