O‘zbekiston Hindistonning yirik zargarlik kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatmoqda
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning yirik zargarlik korxonalaridan biri hisoblanadigan Gold Star Jewellery Pvt. Ltd. kompaniyasi boshqaruvchi direktori Ashish Shoh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Tadbir chog‘ida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni, mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari, jumladan, zargarlik sanoatini rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqish bo‘yicha ko‘rilayotgan izchil sa’y-harakatlar haqida batafsil so‘zlab berildi.
Ashish Shoh O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlarning ko‘lami va ularning natijalaridan yaxshi xabardor ekanini izhor qildi. Mamlakat zargarlik sohasining salmoqli salohiyati va yuqori malakali mutaxassislar xalqaro hamkorlik uchun keng istiqbollar ochayotganini ta’kidladi.
Tomonlar O‘zbekiston va Gold Star Jewellery Pvt. Ltd. kompaniyasi o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Mavzuga oid

18:51
Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida raketalarini sinovdan o‘tkazdi

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

15:34 / 26.04.2025
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda

13:54 / 26.04.2025