Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 kishiga yetdi
Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida 16 yanvar kuni O‘zbekistonning yana 4 nafar fuqarosi vafot etgan. Shuningdek, Istanbul shifoxonalari jonlantirish bo‘limida qolayotgan o‘zbekistonliklardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.

Foto: AFP
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’molidan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni ortdi. Bu haqda Istanbul shahridagi bosh konsulxona xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16 yanvar kuni O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi (barchasi erkak) vafot etgan. 17 yanvar holatiga zaharlanish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 nafarni tashkil qilmoqda.
17 yanvar holatida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli tashxisi bilan Turkiya bo‘ylab kasallanganlar soni 88 nafarni tashkil qilgan. Shundan 37 nafari vafot etgan. Ushbu qurbonlar orasida mahalliy aholi va boshqa millat vakillari ham bor.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari 16 yanvar kuni Istanbul shahrida 32 862 litr noqonuniy metil va etil spirtli ichimliklarni musodara qilgan.
Reydlar Sultong‘oziy, Fatih, Bakirko‘y, Kuchukchekmejye, Chatalja, Esenyurt, Zeytinburnu va Beykoz tumanlarida o‘tkazilib, 9 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tekshiruvlar chog‘ida 227 shisha soxta ichimlik va distillash uskunasi ham topilgan. Qo‘lga olinganlardan 3 nafari politsiyadagi so‘roqlardan so‘ng qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda.
Bosh konsulxona diplomatlari Istanbul shahridagi shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar olgan. Ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.
Avvalroq Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetgani hamda holatga aloqador Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025