Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Kiyevga Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni taklif qildi
Isroil Livan va boshqa joylarda TSAHAL qo‘lga kiritgan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni Ukrainaga topshirishga tayyor, deya xabar berdi Ukrainaning Tel-Avivdagi elchixonasi.

Foto: Amir Cohen/REUTERS
Isroil hukumati Livan yoki boshqa mamlakatlar va mintaqalarda Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) tomonidan qo‘lga olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni Ukrainaga topshirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda 21 yanvar, seshanba kuni Ukrainaning Tel-Avivdagi elchixonasi o‘zining Facebookʼdagi sahifasida Ukrainaning Isroildagi elchisi Yevgeniy Korniychuk va Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sharren Xaskel o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
«Ushbu tashabbus har ikki davlat duch kelayotgan umumiy tahdidlarni tan olish yo‘lidagi muhim qadamdir. Ukraina tomoni bu masala ijobiy hal etilishiga umid bildirdi», deb yozadi diplomatik missiya.
Ukraina va Isroil uchun umumiy chaqiriqlar
Bundan tashqari, uchrashuvda «ikki davlat uchun mavjud umumiy chaqiriqlar, xususan, Ukraina va Isroil milliy xavfsizligiga tahdid soladigan Eron va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik» muhokama qilindi.
Kun tartibiga, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, shuningdek, iqtisodiy, konsullik va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham kiritilgan, deyiladi Ukraina elchixonasi bayonotida.
Avvalroq Yevgeniy Korniychuk Rossiya hujumidan himoyalanayotgan Ukraina Livan va G‘azo sektorida Isroil armiyasi tomonidan qo‘lga olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni olishga umid qilayotganini ma’lum bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham
Jahon | 19:00
-
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV
Jahon | 18:40
-
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi
Jahon | 18:34
Mavzuga oid

18:40
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06
Urushlar taqqosi: 80 yil o‘tib nimalar o‘zgardi?

11:02
Matviyenko: Rossiyada «demografik maxsus kuchlar» tuzildi

07:30