MRB koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqqani haqidagi hisobotni e’lon qildi
Hisobotga ko‘ra, virus tabiiy ravishda paydo bo‘lmagan, balki sun’iy ravishda yaratilgan, ammo bu haqda aniq dalillar yo‘q.

Foto: AP
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) koronavirusning kelib chiqishi haqidagi hisobotini e’lon qildi, unga ko‘ra virus laboratoriyada paydo bo‘lgan, deb xabar berdi AP.
MRB ma’lumotlariga ko‘ra, virus tabiiy ravishda paydo bo‘lmagan, balki sun’iy ravishda yaratilgan, ammo bu haqda aniq dalillar yo‘q.
Yangi hisobot Xitoyda virus tarqalishi, ilmiy tadqiqotlar va Xitoy laboratoriya ishlari haqidagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan. Hisobotda ta’kidlanishicha, Xitoy hukumati bilan hamkorlik qilmasdan virusning kelib chiqishini to‘liq tushunish imkonsiz.
Hisobot AQSh avvalgi ma’muriyati topshirig‘iga asosan MRB sobiq direktori Uilyam Byorns tomonidan tayyorlangan va MRB yangi rahbari Jon Retkliff tomonidan e’lon qilindi. 25 yanvar kuni AQSh Senati razvedka qo‘mitasi raisi Tom Kotton natijalardan qoniqish hosil qilib, Xitoyni virus tarqalishi uchun javobgarlikka tortish zarurligini aytdi.
Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakillari koronavirus laboratoriyada paydo bo‘lgani ehtimoli haqidagi da’volarni rad etib, ilm-fanni hurmat qilishga chaqirdi.
2019 yil dekabr oyida Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga Uhan shahrida pnevmoniya avj olgani haqida xabar bergan edi. 2020 yil mart oyida JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirusning dunyo bo‘ylab tez tarqalishi sababli pandemiya e’lon qildi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusdan 7 milliondan ortiq odam vafot etgan.
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025