Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dovud ota» postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytish uch oyga to‘xtatiladi
Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi «Tajyen» - «Dovut ota» chegara o‘tkazish punktlarida harakatlanish 1 fevraldan vaqtincha to‘xtatiladi. Uch oy davomida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Cheklov ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tatbiq etilmaydi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
Qoraqalpog‘istonda joylashgan «Dovud ota» (Qozog‘istonning «Tajyen») chegara o‘tkazish punkti 1 fevraldan vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev.
Punktlar orqali harakatlanish uch oy muddatga vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklov fuqarolar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga taalluqli. Istisno tariqasida 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining harakati uzluksiz davom ettiriladi.
Ushbu vaqtda chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash va jihozlash ishlari olib boriladi va u Qozog‘iston tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.
Mazkur davr mobaynida «Tajyen» — «Dovut ota» chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanuvchi shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari «Yallama», «Zangiota (Navoiy)», «Oq oltin» va «Malik» o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari so‘raldi.
Jismoniy shaxslar «Qoraqalpog‘iston» temiryo‘l o‘tkazish punkti orqali yo‘lovchi poyezdlarida harakatlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Gurjistonda NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan
O‘zbekiston | 12:06
-
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekiston | 11:29
Mavzuga oid

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

15:54 / 07.03.2025
Bojxona qo‘mitasi 9,3 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlarini yo‘q qildi

12:06 / 02.03.2025