Germaniya Bundestagi migratsiyani cheklovchi qonun loyihasini rad etdi
Germaniya parlamenti - Bundestag ko‘pchilik ovoz bilan XDI va XSI konservatorlari tomonidan taklif qilingan immigratsiya qonunchiligini qat’iylashtirishga qarshi ovoz berdi.

Foto: Political-Momens/IMAGO
Germaniya Bundestagi Germaniyaning immigratsiya qonunchiligining tubdan qat’iylashtirishga qarshi chiqdi. Qonun loyihasi 31 yanvar, juma kuni atigi 338 nafar parlamentariy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shu bilan birga, 350 deputat qarshi ovoz berdi, besh nafar deputat betaraf qoldi.
Bahsli qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berishdan oldin Bundestag sessiyasi XDI/XSI fraksiyasi ijrochi kotibi Torsten Freyning iltimosiga binoan 30 daqiqaga qoldirildi. Bahs avvalida u o‘z pozitsiyasini fraksiya doirasida maslahatlashuvlar o‘tkazish niyati bilan asosladi. Biroq bir necha partiya fraksiyalari yetakchilari XDI raisi Fridrix Mers bilan muzokara o‘tkazishga qaror qilgani sababli tanaffus deyarli ikki soatga uzaytirildi.
«Uchinchi mamlakatlardan noqonuniy migrantlar oqimini cheklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasida, agar nemis politsiyasi o‘z mas’uliyati hududida bunday shaxslarga duch kelgan taqdirda, federal politsiya Germaniya hukumati tomonidan mamlakatni tark etishga buyruq berilgan chet elliklarni chiqarib yuborishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, XDI/XSI bloki keyingi ogohlantirilgunga qadar qo‘shimcha himoya huquqiga ega bo‘lgan shaxslar bilan oilalarni birlashtirishni to‘xtatish niyatida edi. Hozirda bunday qayta birlashish uchun kvotalar oyiga ming kishini tashkil etadi.
Shols Germaniyada boshpana olish huquqini cheklamaslikka chaqirdi
Germaniya kansleri Olaf Shols immigratsiya qonunlaridagi cheklovlar bo‘yicha ogohlantirdi. «Boshpana olish huquqi bizning huquqiy va qadriyat tizimimizning ajralmas qismidir. Biz uni buzishga haqqimiz yo‘q», dedi u 29 yanvar kuni Bundestagda migratsiya siyosati mavzusidagi hukumat bayonotida.
Federal hukumat rahbari Germaniyada boshpana olish huquqi «shuningdek, natsistlar hukmronligi dahshatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob» ekanligini, zo‘ravonlik, urush va terrordan himoya qilish hamda insonparvarlik va adolat ifodasi ekanligini eslatib o‘tdi. Shu bilan birga, «boshpana olish huquqiga ega bo‘lganlar va u tegishli bo‘lmaganlar o‘rtasida aniq farq bo‘lishi kerak», dedi u.
Mavzuga oid

17:12 / 06.05.2025
Fridrix Mers Germaniya kansleri etib saylanish uchun yetarli ovoz to‘plamadi

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

21:09 / 03.05.2025
AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytdi

21:53 / 30.04.2025