Shols davrida Germaniya Merkel davridagidan 65 foizga ko‘proq qurol sotdi
Germaniya Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shols hukumati taxminan 39 milliard yevrolik qurol eksportini tasdiqlagan. Bu Merkel hukumati davridagidan 65 foizga ko‘p.

Foto: Fabian Bimmer/Getty Images
Olaf Shols boshchiligidagi Germaniya hukumati kansler Angela Merkel boshchiligidagi avvalgi kabinetga qaraganda ancha katta hajmdagi qurol va harbiy texnika eksportini tasdiqladi. 2021 yilning oktyabridan 2024 yilning dekabrigacha Berlin umumiy qiymati 39 milliard yevroga teng eksport litsenziyalarini berdi, 2018 yildan 2021 yilgacha bu ko‘rsatkich 23,6 milliard yevroga teng edi. Bu ma’lumotlar Germaniya Iqtisodiyot vazirligining 7 fevral, juma kuni axborot agentliklari tomonidan e’lon qilingan "Sara Vagenknext ittifoqi"dan Bundestag deputati Sevim Dagdelenning parlament so‘roviga javobida keltirilgan.
Eng katta o‘sish Yevropa Ittifoqi va NATOdan tashqaridagi mamlakatlarga qurol eksporti bo‘lib, 10,8 milliard yevrodan 25,5 milliard yevrogacha bo‘lgan. Shu bilan birga, uchinchi mamlakatlarga yetkazib berishning eng katta ulushi — 14,8 milliard yevro — uchinchi yildirki Rossiyaning keng ko‘lamli bosqiniga qarshi kurashayotgan Ukrainaga to‘g‘ri keldi. Yevropa Ittifoqi yoki NATO mamlakatlariga qurol yetkazib berish uchun ruxsatnomalar soni deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
Sevim Dagdelen bu raqamlarni Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) va «svetofor koalitsiyasi» parchalanganidan keyin 23 fevralga belgilangan navbatdan tashqari parlament saylovlariga qadar Germaniya hukumatida ishlashda davom etayotgan «Ittifoq-90/«yashillar» partiyasi tomonidan «muvaffaqiyatsizlikni siyosiy tan olish» deb bilishini aytdi. «Germaniya tashqi siyosati o‘zining asosiy vazifasini harbiy mojarolarni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishdan ko‘ra, qurol-yarog‘ yetkazib berish, iqtisodiy sanksiyalar va dushman obrazini tarqatish orqali qo‘llab-quvvatlashda ko‘rmoqda», — deya ta’kidladi Dagdelen.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp husiylar «taslim bo‘lganini» e’lon qildi
Jahon | 21:56
-
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 21:46
-
Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:43
-
Tramp neft narxi pasayishi Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasini yumshatishi haqida gapirdi. Moskva rad etdi
Jahon | 21:12
Mavzuga oid

08:42 / 26.03.2025
Shols hukumati rasman iste’foga chiqdi

10:21 / 19.03.2025
Shols va Makron Ukrainaga keyingi harbiy yordamni va’da qilmoqda

09:10 / 13.03.2025
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi

23:28 / 08.03.2025