Lavrov Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qildi
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, birlamchi sabablar butunlay yo‘q qilinsa, Ukraina mojarosini yakunlash yo‘li ochiladi.

Foto: RIA Novosti
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qildi.
«Prezident Putin bu haqida ko‘p marotaba gapirgani kabi Rossiya muzokaralarga tayyor, unda bizning qonununiy manfaatlarimiz ta’minlanishi kerak», — deydi Lavrov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mojarosining «chuqur sabablari bor». Lavrovning aytishicha, ular qatorida NATOni kengaytirish orqali Rossiya xavfsizligiga tahdid uyg‘otish va Ukraina hukumatining «ruslarga oid hamma narsani yo‘q qilish»ga qaratilgan siyosiy yo‘nalishi ham mavjud.
TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, birlamchi sabablar butunlay yo‘q qilinsagina mojaroni yakunlash yo‘li ochilishi mumkin.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini, ammo uni yakuniy tinchlik bitimini imzolashi mumkin bo‘lgan legitim prezident deya hisoblamasligini ma’lum qilgandi. Ko‘p o‘tmay Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Ukraina prezidentini «nolegitim» deya hisoblasa ham Rossiya Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortmasligini bildirdi.
O‘z navbatida Zelenskiy urushni tugatish uchun Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini aytdi. «Agar bu ukrainlar uchun tinchlikka erishish va odamlarni yo‘qotmaslik yo‘lida yagona konfiguratsiya bo‘lsa, albatta, biz bunga boramiz», — dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

19:59 / 25.04.2025
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

18:33 / 25.04.2025