«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov

Prezident administratsiyasi sobiq rasmiysi Komil Allamjonov o‘ziga nisbatan uyushtirilgan suiqasd ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinishi ortidan o‘z ichki kechinmalari bilan bo‘lishdi.
«Katta oyim rahmatlik har doim duo qilganlarida, o‘t balosidan, suv balosidan, quruq tuhmatdan Allohning o‘zi asrasin derdilar. O‘tgan 5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani faqat o‘zimga, oilamga, eng yaqinlarimga ayon. Haqiqat egilganda egilib, bukilgandayam ikki bukilib baribir sinmadi, u baribir yuzaga chiqdi. Yuzaga chiqadi ham.
Allohga ming shukur. Bandasidan qochganlar Yaratgandan qocholmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlar, yana ko‘p sinovli kunlar bor. Ilohim bularning hammasidan yorug‘ yuz bilan o‘tish nasib qilsin!
Alloh hammamizning omadimizni bersin», deyilgan postda.
12 fevral kuni Harbiy sud Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar ayblanuvchiga hukm o‘qidi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq, Shuhrat Rasulovga (2018 — 2020 yillarda Prezident davlat xavfsizlik xizmatining o‘z xavfsizligi boshqarmasini boshqargan) 23 yil, Javlon Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Tashxodjayevga (Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosari) 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan 5 nafar sudlanuvchiga «qilmishiga muvofiq ravishda» turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari berildi. Oliy sud xabarida ularning ismlari ochiqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
Jahon | 23:59 / 03.05.2025
-
Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat olish talabi qo‘yildi
Iqtisodiyot | 23:20 / 03.05.2025
-
Energetikada yangi narxlar, xususiy OTMga talablar va urushga yollangan o‘zbeklar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:51 / 03.05.2025
-
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi
Jahon | 22:46 / 03.05.2025
Mavzuga oid

15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi

14:16 / 12.02.2025
Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi Shuhrat Rasulov 23 yilga qamaldi

13:34 / 12.02.2025
Doniyor Toshxo‘jayev 7 yilga qamaldi

12:19 / 12.02.2025