Davlat departamenti AQSh elchixonalariga o‘z xodimlari sonini qisqartirishni buyurdi
Tramp AQSh prezidentligi lavozimiga kirishganidan keyin davlat xarajatlarini qisqartirish dasturini ishga tushirdi. Uning maqsadi davlat xizmatchilarining 10 foizini ishdan bo‘shatishdan iborat.

Foto: Getty images
AQSh Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab joylashgan Amerika elchixonalariga xodimlari sonini qisqartirishga tayyorgarlik boshlashni buyurdi, deb xabar beradi ABC News.
Qayd etilishicha, diplomatik missiya rahbarlari barcha xodimlarning to‘liq ro‘yxatini hamda ularning bandlik maqomini (doimiy va doimiy bo‘lmagan) tayyorlashi kerak. Qisqartirishlar nafaqat amerikalik xodimlarga, balki elchixona faoliyat yuritayotgan mamlakatda yollangan ishchilarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Avvalroq AQSh ma’muriyati Davlat departamenti xarajatlarini qisqartirish uchun bir nechta kosullikni yopishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Gap Yevropa (birinchi navbatda Germaniya va Fransiyada joylashgan), Kanada, Meksika va Tinch okeani orollaridagi diplomatik vakolatxonalar haqida ketmoqda.
Donald Tramp AQSh prezidentligi lavozimiga kirishganidan keyin davlat xarajatlarini qisqartirish dasturini ishga tushirdi. Amerika OAV ma’lumotlariga ko‘ra, MRB, FTB, Milliy xavfsizlik agentligi va boshqa qator idoralar xodimlari o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi xatlarni olgan. Maqsad — davlat xizmatchilarining qariyb 10 foizini ishdan bo‘shatish.
Mavzuga oid

15:46
AQSh ichki xavfsizlik vazirining sumkasini o‘g‘irlashga aloqador shaxs hibsga olindi

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025