Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksport bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar ro‘yxati o‘zgartirildi
O‘zgartirishlar neft mahsulotlariga tegishli.
Prezident tomonidan «O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qaror imzolandi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, oldindan haqi to‘lanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, bank kafolati rasmiylashtirilmasdan va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan xorijiy valutaga eksport qilish bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar ro‘yxatiga TIF TN bo‘yicha 2709 00, 2710 kodiga ega neft xomashyosi, gaz kondensati, neft mahsulotlari kiritilgan (2710 12 410 0-2710 12 590 0, 19 290 0 dan tashqari).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

15:01 / 30.07.2025
Bojxona rejimida qayta ishlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

14:58 / 30.07.2025
O‘zbekistonning xorijdagi elchilariga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

10:48 / 21.07.2025
O‘zbekistondan Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi

13:57 / 11.07.2025