Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin
Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida joylashgan ikkita ikki qavatli binolar o‘rnida, uchta ko‘p qavatli binolar qurilishi mumkin: turar joy majmuasi, biznes markazi va mehmonxona. Tuman hokimi bu tashabbus bilan chiqqan investor Griffin Development kompaniyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida biznes markazi qurish taklif etildi, deb xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.
Tuman hokimi Nilufar Allabergenova ushbu tashabbus bilan chiqqan investor Griffin Development kompaniyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchta ko‘p qavatli uydan iborat loyiha doirasida biznes markazi, zamonaviy mehmonxona, maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi va turar joy binolari barpo etiladi.
Loyihada keltirilishicha, majmua 37 va 39-sonli ikki qavatli binolar o‘rnida quriladi. Hozirda ularda Omad Taxi va Yumecs kurerlik idorasi joylashgan.
Avvalroq Turkiya kompaniyasi Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari bilan muzokaralar davomida Beshyog‘och bozori o‘rnida yirik biznes markaz qurishni taklif qilgandi.
Shuningdek, dekabr oyida Xitoy kompaniyasi Askiya bozorining 1,83 gektar maydondagi mulki va hududi bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

21:35 / 09.06.2025
Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti yarim soatga uzilib qoldi

19:35 / 08.06.2025
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

12:30 / 08.06.2025