Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Unda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash instrumentlaridan foydalangan tadbirkorlarning hisobvaraqlariga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
2025 yil 1 aprelgacha “Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi.
Quyidagilar amalga oshiriladi:
- 2025 yil 1 martgacha AT “Aloqabank”ning hududlarda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni tijoratlashtirishga hamda moliyalashtirishga ko‘maklashish (“Startaplar”) loyihasi respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi va loyihaning hududlardagi bo‘linmalari malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi;
- 2025 yil 1 apreldan har oyda 1 ta hududda “investor kun”lari tashkil etiladi hamda hududdagi OTMlar bilan hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 2025 yil yakunigacha:
- akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan startaplar soni 200 taga yetkaziladi;
- hududlarda “Yoshlar biznes-inkubatori” markazlari tashkil qilinib, tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda muvaffaqiyatli tadbirkor darajasigacha rivojlanishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi, jumladan ularga tayyor ofislar ijaraga beriladi, buxgalteriya, marketing, eksport bozorlariga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid

17:11 / 19.07.2025
“Test oson bo‘ldi, chunki hammasini tavakkal belgiladim” - abituriyentlar o‘rtasida kichik so‘rov

12:03 / 30.06.2025
«Yoshlarimizni ko‘rib, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi» – prezident

11:05 / 30.06.2025
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi

19:50 / 28.06.2025