Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi
Nizom davlat buyurtmachilarining milliy valutada naqd pulsiz shaklda korporativ bank kartalari (xarid kartalari) orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Foto: Getty images
Hukumat qarori bilan «Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom davlat buyurtmachilarining milliy valutada naqd pulsiz shaklda korporativ bank kartalari (xarid kartalari) orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Davlat buyurtmachisi xarid kartasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini amalga oshirish maqsadida xarid kartasi hisobvarag‘ini ochish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda emitent bankka murojaat qiladi.
Bunda budjet buyurtmachisining har bir tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha emitent bankda alohida bank tranzit hisobvarag‘i ochiladi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan xarid kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlar o‘tkazilishiga, shuningdek, xarid kartasi yordamida naqd pul berilishi va chet el valutasi sotib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion savdolarida ishtirok etib, xaridlarni amalga oshirish uchun xarid kartasidan foydalanish taqiqlanadi.
Xarid kartasidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan hisobdor shaxslar ro‘yxati davlat buyurtmachisi rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan belgilanadi. Hisobdor shaxslar mazkur davlat buyurtmachilarining xodimlari bo‘lishi shart.
Mavzuga oid

10:20 / 24.07.2025
Olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz budjet xarajatlari qisqartirildi

21:59 / 23.07.2025
Budjet tizimidagi kamchiliklar sun’iy intellekt orqali bartaraf etiladi

07:34 / 21.07.2025
Budapesht: Yevropa Ittifoqi budjetining 20 foizi Kiyevga ketadi

14:51 / 17.07.2025