Ostonadan Samarqandga yangi parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Qazaq Air aviakompaniyasi Ostona-Samarqand reysini Turkiston orqali amalga oshiradi.

Foto: Qazaq Air
Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasi 1 maydan boshlab Ostonadan Samarqandga yangi yo‘nalish ochadi. Bu parvoz Qozog‘istonning Turkiston shahri orqali (tranzit) amalga oshiriladi.
Ostona-Samarqand reysi haftasiga ikki marta: payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Parvoz jadvali:
Payshanba kunlari:
IQ369 Ostona 16:15 – Samarqand 20:00
IQ510 Samarqand 21:00 – Ostona 01:30
Yakshanba kunlari:
IQ369 Ostona 07:25 – Samarqand 11:00
IQ510 Samarqand 12:00 – Ostona 15:30
Bundan tashqari, payshanba va yakshanba kunlari Turkiston-Samarqand reysi ham mavjud.
Payshanba kunlari:
Turkiston 19:10 – Samarqand 20:00
Samarqand 21:00 – Turkiston 21:50
Yakshanba kunlari:
Turkiston 10:10 – Samarqand 11:00
Samarqand 12:00 – Turkiston 13:00
Qazaq Air aviatashuvchisi Kanadada ishlab chiqarilgan zamonaviy De-Havilland Dash 8-Q400 samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid

20:42 / 06.05.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi

21:26 / 03.05.2025