AQSh va Ukraina o‘rtasidagi foydali qazilmalar to‘g‘risidagi bitim matni chop etildi
Bitim Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning 28 fevral kuni Vashingtonga tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda.

Foto: Reuters
Ukraina ommaviy axborot vositalari Ukraina va AQSh o‘rtasidagi mineral resurslar bo‘yicha so‘nggi bir necha hafta davomida muhokama qilingan kelishuv matnini e’lon qildi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi. Bitim Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning 28 fevral kuni Vashingtonga tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda. Ukraina tomoni muzokarachilar Kiyev uchun qulayroq shartlar bo‘yicha kelishib olganini da’vo qilmoqda. Xususan, AQSh Ukraina resurslaridan 500 milliard dollar daromad olish talabidan voz kechgan.
Shartnomaning asosiy jihatlari:
- Ukraina va AQSh hukumatlari Ukrainani qayta tiklash uchun birgalikda boshqariladigan investitsiya fondini yaratadi;
- Ukraina davlat tabiiy resurslarini (neft, gaz, foydali qazilmalar) kelajakda monetizatsiya qilishdan keladigan daromadning 50 foizini fondga o‘tkazadi;
- AQSh hukumati Ukrainaning tinchlik o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik kafolatlarini olishga bo‘lgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi;
- Bitim taraflari o‘zaro investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha qadamlarni belgilashga kelishib oladi;
AQSh va Ukraina ishchi guruhlari sarmoya fondi faoliyatini tartibga soluvchi kelishuv loyihasini tayyorlashga kirishadi.
Avvalroq, Ukraina Qo‘shma Shtatlar belgilagan tovon miqdoriga e’tiroz bildirib, kelishuvning oldingi versiyalarini rad etgan edi. Kiyev, shuningdek, kelishuvga xavfsizlik kafolatlari haqidagi band kiritilishini talab qildi, biroq yakuniy matnda Vashingtonning bu boradagi majburiyatlari tilga olinmagan. «Yevropeyskaya Pravda» manbalariga ko‘ra, kelishuvga yana o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin, biroq asosiy qoidalar nihoyat tasdiqlangan.
Mavzuga oid

10:16
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025