Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Biz tinchlikni xohlaymiz, lekin xavfsizlik kafolati kerak
Tramp bilan shov-shuvli muzokaralardan so‘ng Zelenskiy Fox News telekanaliga intervyu berdi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina AQShning hamkori bo‘lib qolishni istaydi va resurslar bo‘yicha kelishuvga tayyor, ammo Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish uchun unga xavfsizlik kafolatlari kerak.

Foto: REUTERS
28 fevral, juma kuni kechqurun Oq uy rahbari Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan ko‘p o‘tmay, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerikaning Fox News telekanaliga intervyu berdi. Jurnalist bilan suhbat chog‘ida u Qo‘shma Shtatlar bilan sheriklik munosabatlarini saqlab qolishni istashini va tabiiy resurslar bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini, biroq bu Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi kerakligiga ishonchi komil ekanligini aytdi.
Volodimir Zelenskiy: «Biz jang qilishni xohlab turganimiz yo‘q»
«Urush tugashini ukrainaliklardan ko‘proq hech kim xohlamayapti», dedi Zelenskiy. Biroq, deya davom etdi u, Ukraina xalqi adolatli va mustahkam tinchlikni istaydi, bu esa Qo‘shma Shtatlar xavfsizlik kafolatlarisiz mumkin emas. U bo‘lmasa ukrainaliklar «Putin ertaga qaytib keladi» deb qo‘rqishadi, chunki Rossiya prezidenti kelishuvlarni bir necha marta buzgan, deya ta’kidladi Ukraina rahbari.
Zelenskiy Tramp bilan mojarosi «har ikki tomon uchun ham yomon» ekanini aytdi, biroq u o‘zini «yomon ish qilgan» deb o‘ylamayapti va kechirim so‘rashi kerak emas. Muzokaralarni davom ettirish uchun hozir Oq uyga qaytishga tayyormi, degan savolga Ukraina prezidenti: «Yo‘q», deb javob berdi.
Studiyadagi muloqot chog‘ida Donald Trampning Oq uydagi uchrashuvdan so‘ng Zelenskiy haqida aytgan: «U jang qilishda, kurashishda davom etishni xohlaydi» degan bayonoti aks etgan video namoyish etildi.
«Biz jang qilishni xohlab turganimiz yo‘q», — deya izoh berdi Ukraina prezidenti videoga. «Men o‘z fuqarolarimizni, askarlarimizni hurmat qilaman. Shuning uchun Ukraina qachon va qanday kafolatlar olishi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmasam, qaytib kelolmayman».
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
Mavzuga oid

11:22
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda

01:25
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi

20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi

20:41 / 10.08.2025