Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 4 ta qo‘shimcha savdo yo‘lagi ochilishi mumkin
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtadagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida 4 ta qo‘shimcha savdo yo‘laklari ochilishi rejalashtirilmoqda.

Kazinform xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Jyetisu viloyati tadbirkorlari bilan uchrashgan O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov mazkur tashabbusning amalga oshirilishi haqida gapirdi.
Bundan tashqari, diplomatik missiya rahbari O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini tavsiflab berdi. Xususan, Toshkent davlat chegaralaridagi nazorat-o‘tkazish punktlarini ta’mirlanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tovar ayirboshlash hajmining oshishiga bevosita xizmat qiladi.
Kazinform XAA, shuningdek, o‘tgan yili Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshganini urg‘ulagan.
Mavzuga oid

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

10:10 / 09.06.2025