Nvidia «Yulduzlar jangi» filmidan ilhomlanib, yangi robotni yaratdi
Blue robot ochiq kodli Newton fizik dvigateli yordamida yaratilgan.

Foto: Nvidia
Amerikaning Nvidia chip ishlab chiqaruvchi texnologiya kompaniyasi sun’iy intellektga ega Blue robotini taqdim etdi. Kompaniya asoschisi va prezidenti Jyensen Huang buni GTC 2025 konferensiyasida namoyish qildi.
Huang taqdimotda robototexnikani modellashtirish uchun mo‘ljallangan, ochiq kodli Newton fizik dvigatelini taqdim etdi. U Google DeepMind sun’iy intellekt kompaniyasi va Disney Research bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Blue robot ushbu dvigatel yordamida yaratilgan.
Robot sahnaga chiqqanida, Huang unga murojaat qildi: «Salom, Blue, yaxshimisan? Senga yangi fizik dvigatel yoqdimi? Yoqdi, a? Ha, men aniq bilaman».
Konferensiya davomida Nvidia dunyodagi birinchi ochiq kodli Isaac GR00T N1 odamsifat robotini ham e’lon qildi.
Mavzuga oid

20:47 / 09.06.2025
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi

22:02 / 31.05.2025
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

09:03 / 21.04.2025