Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Xususan, 21 va 23 mart kunlari avtobuslar yakshanba, 22 martda shanba kunidagi jadval asosida harakatlanadi.

Foto: Kun.uz
Toshkentda bayram kunlari avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati belgilangan tartibda tashkil etiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.
Xususan, 21- va 23 mart kunlari avtobuslar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, 22 mart kuni esa shanba kunidagi jadval asosida harakatlanadi.
Kompaniya bayram kunlari transport harakati ko‘payishi sababli shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishni taklif qilmoqda.
Shu bilan birga, Toshkent metropoliteni metro yo‘nalishlarining bayram kunlaridagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 21-, 22 mart kunlarida metro poyezdlari harakati shanba, 23 mart kuni esa, yakshanba kuni uchun belgilangan jadval asosida harakatlanadi.
Avvalroq Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

15:04 / 29.06.2025
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15:06 / 27.06.2025