Apple buklanuvchan va ikki ekranli Apple Watch uchun patent oldi
Yangi dizayn smartfonlar ustidan g‘alabani ta’minlashi dargumon, ammo bu ularni hech bo‘lmaganda teng pozitsiyalarga yaqinlashtirishi mumkin.
Apple o‘zining aqlli soatlari dizaynini tubdan o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqda. Kompaniya suratga olish va qo‘ng‘iroq qilish uchun mo‘ljallangan ikkita ekran va kameraga ega yig‘iluvchi Apple soatini patentladi.
«Taqib olinadigan elektron qurilma» deb sodda va hech qanday innovatsion ishoralarsiz nomlangan hujjatda buklanadigan displey va optik sensor bilan jihozlangan «qo‘zg‘almas va harakatlanuvchi qismga» ega bo‘lgan gadjet tasvirlangan.

Qurilma ochiladigan qopqoqli kichik oynaga o‘xshaydi. U tashqi va ichki ekran bilan jihozlangan. Ichki ekran qatlama mexanizmi ichida yashiringan va o‘z o‘qi atrofida aylana oladigan ikkita displeydan iborat.
Patentning yana bir qismida tashqi va ichkariga qaragan kameralar haqida gap boradi. Ular suratga olish va video qo‘ng‘iroqlar uchun ishlatilishi mumkin.
Hujjatda qayd etilishicha, hatto eng zamonaviy aqlli soatlar ham «ekran o‘lchami va funksionalligi jihatidan smartfonlardan past darajada» va bu ularning mashhurligiga ta’sir qiladi. Ammo yangi dizayn g‘alabani ta’minlashi dargumon, ammo bu ularni hech bo‘lmaganda teng pozitsiyalarga yaqinlashtirishi mumkin.
Shuni esda tutish kerakki, bu faqat patent va bunday qurilmaning qachon chiqarilishi ma’lum emas. Balki, hech qachon chiqmasligi ham mumkin.
Mavzuga oid

19:38 / 10.06.2025
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

20:47 / 09.06.2025
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi

22:02 / 31.05.2025