Osiyo davlatlari tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga yuborilishi mumkin
Bu Rossiyaning Ukrainada NATO qo‘shinlari bo‘lishini xohlamasligi bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
G‘arb davlatlari Ukraina chegaralariga ikkita tinchlikparvar kontingentini yuborishni rejalashtirmoqda, deb yozdi Italiyaning La Repubblica nashri.
Birinchi kontingent Hindiston, Indoneziya, Braziliya va Saudiya Arabistoni askarlaridan iborat bo‘lishi mumkin va ularni Rossiya bilan Ukraina chegarasiga joylashtirish rejalashtirilgan. Ikkinchi kontingentga «ixtiyoriy koalitsiya» harbiy xizmatchilari kiradi va rejaga ko‘ra, ular Ukrainaning Polsha, Bolgariya, Slovakiya va ehtimol Vengriya bilan g‘arbiy chegarasi bo‘ylab joylashtiriladi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Kanada va Italiya Ukrainaning g‘arbiy chegaralarini nazorat qilishni rejalashtirmoqda, deb yozdi gazeta. Nashrning ta’kidlashicha, agar AQSh tinchlikparvar kuchlarni yuborsa, qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotga tayyor bo‘ladi. Moskva va Kiyev o‘rtasida sulh tuzilsa, «kafolat rejasi» amalga oshiriladi.
Rossiya va Ukraina chegarasiga Osiyo va Janubiy Amerikadan tinchlikparvar kuchlarni jo‘natish niyati Rossiyaning Ukrainada NATO qo‘shinlari bo‘lishini xohlamasligi bilan bog‘liq, deb yozdi nashr. Bu haqda 12 mart kuni Shimoliy Atlantika alyansi vakillari ishtirok etishini Rossiya uchun tahdid deb atagan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytib o‘tdi. Biroq keyinroq Rossiya TIV uchinchi davlat qurolli kuchlarining Ukrainaga istalgan bayroq ostida joylashtirilishi ushbu davlatlarning Rossiya bilan mojaroda bevosita ishtiroki sifatida baholanishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

21:23 / 27.04.2025
AQSh davlat kotibi kelasi hafta Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar uchun «nihoyatda muhim» bo‘lishini aytdi

18:17 / 27.04.2025
Rossiya dengiz piyodalari va Z-blogerlar Kursk oblastida hamon ukrain harbiylari borligini xabar qildi

17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi

10:16 / 27.04.2025