Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Marsda nafas olish imkonini beruvchi texnologiyani yaratdi
Ushbu texnologiya Yerda sanoat chiqindilarini qayta ishlash va havoni tozalashdan tortib suv osti transport vositalarida foydalanishgacha bo‘lgan keng doiradagi salohiyatga ega.

Foto: Freepik
Xitoylik olimlar karbonat angidriddan kislorod ishlab chiqarishning yangi usulini ixtiro qildi va bunda samaradorlik 98 foizga yetdi. Marsda ushbu texnologiyadan foydalanish ayniqsa istiqbolli, deb yozdi Ixbt.
Katalizator sifatida an’anaviy ravishda ishlatiladigan vodorod o‘rniga litiydan foydalanilgan.
Jarayon elektrokimyoviy hujayrada ruteniy va kobaltdan tayyorlangan nanokatalizatorda amalga oshiriladi. Karbonat angidrid litiy karbonatga, so‘ngra uglerod va litiy oksidga aylanadi. Yakuniy bosqichda litiy oksidi parchalanadi, kislorod chiqaradi va litiyni qayta ishlatilishi uchun tiklaydi.
Ta’kidlanishicha, ushbu texnologiya Yerda sanoat chiqindilarini qayta ishlash va havoni tozalashdan tortib suv osti transport vositalarida foydalanishgacha bo‘lgan keng doiradagi salohiyatga ega.
Bu texnologiyadan foydalanish, ayniqsa, atmosfera deyarli butunlay karbonat angidriddan iborat bo‘lgan Marsda istiqbolli. Kislorodni joyida ishlab chiqarish uni Yerdan tashish zaruratini kamaytirish orqali kelajakdagi Mars missiyalarini sezilarli darajada soddalashtiradi.
Avvalroq, SpaceX asoschisi Ilon Mask 2026 yil oxirida odamsifat robot Marsga uchishini e’lon qildi. Uning qayd etishicha, agar parvoz muvaffaqiyatli bo‘lsa, odamlar Marsga 2029 yildayoq qo‘nishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi
O‘zbekiston | 12:53
-
Gurjistonda NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan
O‘zbekiston | 12:06
Mavzuga oid

22:00 / 17.07.2025
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi

00:02 / 04.07.2025
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi

20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi

18:43 / 08.05.2025