«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
Avvalroq, yo‘lovchilar «O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezdi vagonlarining ahvoli rasvo ekani, ko‘rpachalar kir bo‘lib ketgani va suvaraklar yurganidan shikoyat qilgan edi.

Foto: O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ poyezd vagonlarida ko‘rpachalarning kirligi, suvaraklar yurgani va havo almashtirish tizimi yaxshi ishlamasligi haqidagi shikoyatlardan keyin sanitariya-gigiyena nazorati kuchaytirilganini e’lon qildi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ muntazam ravishda sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi kunlarda mavjud vaziyatni inobatga olib, sanitariya-epidemiologiya normalariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda... «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ bunday holatlarning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishni davom ettiradi va bu borada harakatlarni kuchaytiradi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, yo‘lovchilar «O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezdi vagonlarining ahvoli rasvo ekani, ko‘rpachalar kir bo‘lib ketgani va suvaraklar yurganidan shikoyat qilgan edi.
«Poyezdda havo almashish tizimi yaxshi ishlamaydi, havosi ifloslanib ketgan, hojatxonada zamonavoy «biotualet» o‘rnatilgan, lekin u ham texnik tarafdan muammo chiqarib, ishlamay qoldi», degan edi yo‘lovchilardan biri.
Mavzuga oid

11:30 / 10.06.2025
Rossiya Pxenyan va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni tikladi

22:14 / 09.06.2025
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

21:47 / 27.05.2025